-Umuman, men romantik inson emasman.
Sevgi-pevgi degan narsalarga ham tushunmayman. “O’ldim,kuydim”deganlarni
eshitsam ensam toshbaqani kosasiday qotib ketadi. Men uchun sevgi to’ydan keyin
paydo bo’ladigan keraksiz tuyg’u. “Boshingga tushmaguncha qayerdan ham
bilarding galvars”deysizmi?! Boshimga tushmaydi aka, agarda tushib qolsa ham
terib tashlayman. Ishonavering. Menga bir butilka pivo va to’rtta qurt bilan
bitta jonon bo’lsa bo’lgani. Manashu sevgi. Nima qilasiz umrboqiy sevgini?
Bir-ikki soatlik sevgi yetmaydimi sizga?! Pulini shartta to’laysiz-u sevib
yuraverasiz. Tashvish ham kamroq. “Tur ket” desangiz ketadi,”beri kel” desangiz
keladi. Jonizga tegsa boshqasini “sevasiz”.”Odammas ekansan”deysizmi? Og’zizga
qarab gapiring. Kim odammas? Menmi? Siz odam bo’lib nimani qoyillatib qo’ydiz.
O’zizcha dadajoniz kirgazib qo’ygan o’qishni tashab ketib, qayerdagi institutga
kirvoldiz. 4 yil qiynalib o’qib nima bo’ldiz? A, nima bo’ldiz? Mexanik! Qora
moyga botib yurasiz qachon qarama. Ust-boshizga qarab bo’lmaydi. Otrabotkaga
cho’milaslarmi nima balo?! “Zato halol ishlayapman”deysizmi? Halollikni
boshizga urasizmi aka? Hozirgi kunda halol odam qolibdimi,qomagan.
O’qituvchizdan tortib melisayzgacha hammasi “pul,pul ber” deb turishadi. Hech
bo’lmasa bolalarizni o’ysangizchi. Ertaga katta bo’lishadi. Kattargani sari
harajat ham ko’payadi. “Dada uy yoki moshina obering”desa nima deysiz, “Halol
ishlaganman bolam,menda oshiqcha pul nima qiladi” deysizmi? Mana, meni qarang
do’xtirman. O’ziz bilasiz do’xtirga davlat to’layotgan oylikka kenguru ham bir
oy yasholmaydi. Har bitta kelgan “klient” 4000-5000 so’m tashab ketadi. Bir
kunda 10-15 tadan kam odam kelmaydi qabulimga. Ja pul kerak bo’lib qoladigan
bo’lsa,birorta “klient”ga qimmatroq dori-darmon yozvoraman-da tanish aptekaga
jo’natvoraman. Telefon qilib “Senga yog’liq pershka jo’natdim, yaxshilab
yegin”deyman bo’ldi.Aptekachi ham doriga ota-onasini, ammasini, xolasini, yana
bir ikkita amakivachchasini narxini qo’shib sotadi. “Dolyam”ni tezda
birortasidan bervoradi. U ham hursand,men ham. Shunaq qilib ikkita oilani
tebratib yotibman aka. “Gunoxidan qo’rqmaysanmi” deysizmi? Gunox deydi-ya
manabu kishim. Nimadan qo’rqishim kerak? Men gunox ish qilayotganim
yo’q,tirikchilik qilyabman halos. Tirikchilik. O’tgan yili yevropaga dam olgani
borudim. Oti nima edi anuni...Aristokratmi?.. Demokratmi?.. Ha, Gippokratni
qishlog’iga borib ziyorat qilib keldim. Bizni pirimiz bo’lganda u inson.
O’qishda o’qib yurganimizda shu insonni qasamidan 50/50 “otganmiz”. Shu desayz
qishlog’ida “Gippokrat daraxti”degan bir daraxt bor ekan. Dodamiz aytgan ekan:
“Manashu daraxt qachon qurib bitsa, yer yuzidagi do’xtirlarda insof qolmagan
bo’ladi”. Ko’rsayz daraxtni yarmidan ko’pi qurib-tarashaga aylanib bo’lgan.
Yana 3-4 yilda bu darxatni sumalakka ishlatsa ham bo’laveradi. “Gunoxidan
qo’rqmaysanmi”deysiz. Qo’rqaman. Qo’rqqanim uchun ham har yili xudoyi qilib
xalqqa osh berib turaman. Dadam bilan onamni 4 marta Haj ziyorati oborib
keldim. Beva-bechoralarga bayram kunlari pul berib turaman. Menchalik sahiy
odam yo’q aka. Mana,o’tgan oy qo’shnimiz Olimjon kelib “qo’shnijon ozgina
puldan yordam qiling” deb qoldi. Yo’q demadim. Shartta uydan pul obchiqdim-da, qo’lidan
ushlab notariusga obordim. “Agarda 6 oy ichida qo’shnimdan qarzimni qutula
olmasam, tomorqamni bo’shatib beraman”degan tilxat yozdirib, dasxat-u
pechatlardan 5-6 marta urdirib hammasini “zakonniy” qilib qarz berdim. Chiqib
ketayotganda notariusni pulini ham bermadi nomard. Haliyam o’zimni
“klientim”bo’ladi. Keyin “surishib”ketamiz deb ko’ndirdim. Olti oydan oshyapti
qarz oganiga qaytaray demaydi. Ertaga buldozer kelishi kerak, tomorqasini
surdirib o’rniga chiroyli qilib bitta “vremenka” qurmoqchiman. Odamlar ham
mosheynik bo’lib ketyapti-da aka. Tagida “Jiguli”si bor shuni sotib pulini
bersa bo’ladi, “yo’q, bola-chaqamni shu moshina boqyapti qo’shnijon, ozina sabr
qiling” degani degan. Men bitta gapiradigan odamman, “Dogovor doroje deneg” deb
qo’ygan o’ris xalqi. Shu o’rislarga qoyil qolamanda aka. Aqilli xaldqa.Erkaklarini
qiladigan ishini tayini yo’q, lekin kayf qilishni joyiga qo’yadi enag’arlar.
Qizlarini aytmaysizmi,qizlarini. Shilpildoq. Qaymoq. Shunday nonga botirib yeb
qo’ygiz keladi. Yaqinda bittasi qabulimga keb qoldi. Eri yo’q ekan. Shartta
diagnoz qo’ydimda:“sizni kasaliz og’ir ekan, bu yerga kelib yurmang, uyizga
o’zim borib davolayman”-deb jo’natvordim. Qomatini ko’rsayz edi aka,qomatini.
Naqd Elvis Preslini gitarasi deysiz... Gap bilan bo’lib nimaga yonizga kelganim
esimdan ham chiqib ketipti aka. Eshitdik katta og’liz karate bo’yicha birinchi
o’rinni olibdi.Tabriklayman. Katta o’g’liz o’zi boshqachada aka. Ko’zlarini
yonib turadi, kelajagi bor bola. Karatedan yutgan bo’lsa, demak, urish-janjalni
joyiga qo’yadi. Shu o’gilchayzni ertaga bir kunga berib tursayz, bir joyga o’tib kelsak, bitta yaramasni qarzi
boridi... Sizga mazza ikkala o’g’liz ham tuppa-tuzuk,binoyiday. Enangni emgur
meni Shavkatjonimga nima bo’gan hayronman. O’zi tili 3 yoshida chiqqani
yetmaganiday, duduqlanib gapiradi negadir. Bir-ikkita tanish do’xtirlarga
oborsam “O’qitvorish kerak”deydi. Bu ham mayli, yaqinda shu bolamni sal aqli
zaifroq ekanligini bilib qoldim. Shunga siqilib yuribman oxirgi paytlarda. Bir
maslaxat olay shu akamdan deb, oldizga chiqudim. Nega shunaqa bo’ldi ekan-a?
Nima deysiz aka?..
Комментариев нет:
Отправить комментарий